Dibank — bank bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashuv
Servis bank mijozlariga o‘zlarining «1C» va «Didox» qayd
tizimlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank amaliyotlarini amalga
oshirish imkonini beradi.
Bu qanday ishlaydi
«O’zbekiston uchun 1С:Buxgalteriya» dasturida, bank amaliyotlari
bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni bankga jo‘natish va bankdan
ma’lumotlarni olish tugmasi paydo bo‘ldi. Amaliyotlar ERIning bank
kaliti bilan imzolanadi. Undan foydalanishni boshlash uchun
«Dibank»da qayd yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazish va u bilan zaruriy
hisob raqamlarini bog‘lash kifoya bo‘ladi, buni «1C»ning o‘zida
qilish mumkin. Barcha ta’riflangan, shuningdek, elektron hujjatlar
bilan almashish uchun servis — Didox.uz foydalanuvchilari uchun
ham erishimlidir.
Batafsil
Qanday ulanish mumkin
Ushbu imkoniyatlarni qo‘llash uchun mijozga «O’zbekiston uchun
1С:Buxgalteriya» litsenzion dasturining foydalanuvchisi bo‘lishi
va axborot-texnologik qo'llab-quvvatlash xizmatida amaldagi
obunaga ega bo‘lish, yoki «Premium» tarif rejasida «Didox.uz»
tizimida abonent bo‘lishi kerak.
Venkondan 1C
Venkondan "1С:Buxgalteriya" - bu O‘zbekistonda buxgalteriya
hisobining eng ommabop tizimidir. U faoliyatning har xil
turlarini yuritishga va uchta bosishda hisobotlarni yuborishga
imkon beradi.
Batafsil
1
«Premium» tarifi
"Didox" - bu elektron hisob-fakturalarining eng erishimli
servisidir. Ko‘pchilik korxonalar uchun bepul va barcha
qolganlar uchun eng afzalidir.
Batafsil
2
Agar mijoz boshqa tizimlarni qo‘llayotgan bo‘lsa, u holda u bunday
integratsiyani amalga oshirish uchun
Venkonkompaniyasiga murojaat qilishi mumkin.
Servisni qo‘llab-quvvatlovchi banklar
Dibank servisi mamlakatning yetakchi banklari tomonidan
qo‘llab-quvvatlanadi va korporativ kartalarning yuridik shaxslar
tomonidan qo‘llanilishi qismida "Uzcard" bilan integratsiya
qilingan.