To‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankga «1C» va «Didox»dan yuboring

«Dibank» servisi yordamida «1C» yoki «Didox»da yaratilgan chiquvchi to‘lov hujjatlari, darhol bankning serveriga tushadi, va aksincha, kiruvchi to‘lovlar va hisoblardan chiqarishlar qayd tizimida avtomatik "tarqatilishi" mumkin.

Servis qanday imkoniyatlarni taqdim etadi

  • Bankga to‘lov hujjatlarini jo‘natish;
  • Jo‘natilgan to‘lovlarning maqomini kuzatib borish;
  • Ixtiyoriy davr uchun bank ko‘chirmalarini yuklash va "tarqatish";
  • Yuklangan hujjatlar bo‘yicha hisobotlarni shakllantirish;
  • Ish haqi bo‘yicha reestrlarni jo‘natish;

Dibank texnologiyasining afzalliklari

  • «1C» yoki Didoxdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob raqamlarini boshqarish;
  • «1C» yoki Didoxdan ushbu hisoblarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xodimlarga o‘tkaziluvchi ish haqi reestrini jo‘natish;
  • Har xil banklarda ochilgan barcha hisoblarni boshqarish uchun yagona foydalanuvchi interfeysi;
  • Xavfsizlikning yuqori darajasi — elektron hujjatlarning imzolanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri «1C»da yoki Didoxda amalga oshiriladi;
  • Bank bilan ma’lumot almashuvining yuqori tezligi — to‘lov hujjatining jo‘natilishi yoki bankdan ko‘chirmani olinishi foydalanuvchining bir buyrug‘i bo‘yicha bajariladi;
"Yagona darchada" ishlash — tanish interfeys va odatiy buyruqlar.
Ortiqcha narsa yo‘q!

Dibankga ulanish uchun quyidagi raqam orqali qo‘ng‘iroq qiling: (78) 140-00-77