«Dibank» servisining umumiy ta’rifi

Asosiy tushunchalar:

Qayd tizimi — bu tashkilotning yoki korxonaning aktivlari va xo‘jalik amaliyotlari haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ishlov berish va taqdim etish bo‘yicha amaliyotlarning majmuasini birlashtiruvchi axborot tizimidir.

Elektron hujjat — elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatni identifikatsiya qilish imkoniyatini beruvchi uning boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan elektron shaklda qayd etilgan ma’lumotdir.

Servisning arxitekturasi:

Qayd tizimida tayyorlangan to‘lov hujjatlari to‘lov hujjatlarini faylga yuklamasdan va ushbu ma’lumotlarning keyin "Bank mijozi" turidagi dasturga yuklab olmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankga jo‘natiladi. Bankdan ko‘chirmalar, shuningdek, qayd tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankdan kelib tushadi.

Bank tizimi bilan qayd tizimidan elektron hujjatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri almashinuv o‘zaro aloqaning ikki darajasidan tashkil topgan:

1. Amaliy daraja — almashuvda ishtirok etuvchi amaliy obyektlar bilan o‘zaro aloqaning tuzilmasini va tartibini ta’riflaydi.

2. Ma’lumotlar bilan almashish APIsi — ma’lumotlar bilan almashish amaliyotlarni amalga oshirish yondashuvlarini va usullarini tavsiflovchi daraja, u o‘z navbatida quyidagi darajalarga bo‘linadi:
  • Autentifikatsiya darajasi;
  • Elektron hujjatlar va hisobotlar bilan almashish darajasi.

Grafika tarzida buni quyidagicha aks ettirish mumkin:

O‘zaro aloqalarning amaliy darajasi

Ushbu daraja Mijoz va Bank o‘zaro aloqa jarayonida hosil bo‘ladigan har qanday chiquvchi va kiruvchi elektron hujjatlar bilan almashishga imkon beradi.

Elektron hujjatlar bilan almashish tartibi

Elektron hujjat yuboruvchilari va oluvchilari bo‘lib Mijoz (Tashkilot) qanday bo‘lsa, Bank ham xuddi shunday bo‘lishi mumkin (almashinuv ishtirokchilarining roli ma’lum biznes-amaliyotga bog‘liqdir). Bunda, almashinuv tashabbuskori bo‘lib har doim qayd tizimi chiqadi.

To‘lov hujjatini jo‘natish va maqomlarning o‘zgarishi

1. Qayd tizimida elektron hujjat (masalan, "To‘lov topshiriqnomasi") shakllantiriladi.
2. Bundan keyin, tizim shakllantirilgan elektron hujjatni imzolashni (kriptografiyani qo‘llash bilan almashuvda) taklif qiladi.
3. Keyin esa, Bankga ma’lumotlarning uzatilishi oldindan kelishilgan bayonnoma bo‘yicha o‘tkaziladi.
4. Bunda, maqomlarning o‘zgarishi amalga oshadi: Agar jo‘natish muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa, u holda qayd tizimida elektron hujjatning maqomi "Jo‘natilgan"ga o‘zgaradi.

Bank ko‘chirmasini olish

1. Qayd tizimidan zaruriy filtrlar bilan bank ko‘chirmasini olishga so‘rov jo‘natiladi.
Filtrlarning misollari:
01.03.2020 00:00:00 - dan
31.03.2020 23:59:59 - gacha
aylanmalar - debet (kredit/barchasi)
hisob raqami - (barchasi)
2. Bank olingan so‘rovga ishlov beradi va o‘rnatilgan format bo‘yicha javob beradi
3. Qayd tizimida tizimda saqlash va/yoki chop etish imkoniyati bilan olingan bank ko‘chirmasi aks ettiriladi.

Ma’lumotlar bilan almashish APIsi

API bo‘yicha hujjatlar bilan havola bo‘yicha tanishish mumkin. .